TIQXMMI yangiliklari

img
05.10.2023

"G‘alaba bog‘i” ga tashrif

"TIQXMMI"-Milliy tadqiqot universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G.Axmedjanova raxbarligida  joriy yilning 5 oktyabr sanasida 107- gurux talabalari bilan “G‘alaba bog‘i” ga tashrif buyurishdi.  

Ushbu bog‘ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining g‘oyasi va tashabbusi bilan innovatsion texnologiyalar asosida, O‘zbekiston xalqining II jahon urushida ko‘rsatgan beqiyos jasoratini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan.

Har bir yurtdoshimiz «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasiga tashrif buyurar ekan, bu yerdagi eksponatlarni ko‘rib qalbi hayajonga to‘ladi. Bu tashrif davomida  talabalarimiz ongida bugungi kundagi tinchlik-osoyishtalik, musaffo osmon, farovon hayot qanchalik bebaho ne’mat hamda, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash muqaddas burch ekanligini anglatdi, ularda esa shukronalik hissi yanada ortdi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti  tyutori G.Z.Axmedjanova axboroti

Universitet matbuot xizmati