TIQXMMI yangiliklari

img
14.05.2023

Finlandiyalik hamkorlar kelishdi

2023 yil 10 may Yuviskala shahrida (Finlyandiya) joylashgan JAMK universiteti negizida Bioiqtisodiyot institut professor-o‘qituvchilari Yaaana Auer (Jaana Maarit Auer) va Xannariina Xonkanen (Hannariina Maria Honkanen) «TIQXMMI» MTU ga tashrif buyurishdi.

Bu Institut xodimlari Erasmus dasturining Bioecouz loyiha bo‘yicha ular olib boriladigan qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha o‘quv modullar bilan tanishtirdi. Shundan keyin mehmonlar O‘zbekistonda issiqlik ta’minotida quyosh texnologiyalari foydalaniladigan ob’ektlariga olib borildi. Dastavval, Toshkent shahri Bektemir mavzesida joylashgan “Suvsoz” quyosh yoqilg‘i qozonxona ko‘rsatildi.

Bu taqdimotdan keyin issiq suv tayyorlash, xonani isitish va havoni kondensatsiyalash uchun quyoshdan olgan past haroratli  energiya issiqlik nasos laboratoriyaga tashrif buyurdi. U yerda talabalarni tajribaviy o‘qitishga hamma sharoitlar yaratilgan. Miniavtobus transporti universitet rahbariyati tomonidan tashkillashtirib berildi. BioEcUz: Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyiha bo’lib, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi.

Universitet matbuot xizmati