TIQXMMI yangiliklari

img
04.02.2023

Fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi

Joriy yilning 2-fevral kuni universitetimizning “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakulteti “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasining “Elektr energetikasi” yoʻnalishi 3-bosqich talabalari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli Keles podstansiyasida amaliy hamda tajriba mashg‘ulotlarini olib borishdi. Bu yerda talabalar elektr ta’minoti, podstansiyaning birlamchi va ikkilamchi qurilmalari, xususan rele himoya, boshqaruv, signalizatsiya va yongʻinga qarshi himoya shkaflari va ularning ishlash prinsplarini yaqindan oʻrganishdi. Oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.  

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi

Stajyor-oʻqituvchisi R.Qobilov axboroti

Universitet matbuot xizmati