TIQXMMI yangiliklari

img
28.05.2024

“Evrika” to‘garagi zafarli yurishlari

Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashUlugʻbekjamgʻarmasi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida otkazilganMirzo Ulugʻbek vorislariRespublika tanlovi goliblari aniqlandi. 4 kun davom etgan bellashuvlar qizgʻin bahs va unutilmas taassurotlarga boy boʻldi. Respublikaning turli hududlaridan kelgan iqtidorli yoshlar bir davrada jam boʻldi. Ishtirokchilar oʻzaro bilim va tajriba almashib, fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar, yangi doʻstlar orttirish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Mazkur tanlovda “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Evrika” iqtidorli yoshlar to‘garagi vakillari Mamatov Valijon tanlov g‘olibiga aylangan bo‘lsa, Toshtemirov Bunyod faol ishtiroki uchun sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Universitet matbuot xizmati