TIQXMMI yangiliklari

img
28.12.2022

E'tiborga molik tanlov

         ,,Bitta innovatsion tuman-bitta brendʼʼ tanlovi Mirzo Ulugʻbek tumani tomonidan oʻtkazildi. Mazkur tanlovda "AUTONOMOUS" jamoasi faollik bilan qatnashishdi. Tanlovning taqdirlash marosimi Mirzo Ulugʻbek tumanining yil yakunida erishilgan natijalar va faol yoshlarni munosib ragʻbatlantirish tarzida oʻtdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. QSXET fakulteti lider yoshlaridan boʻlgan va hozirgi kunda Mirzo Ulugʻbek tumani ,,Hamid Olimjonʼʼ mahallasi Yoshlar yetakchisi sifatida faoliyatini davom ettirayotgan Rasulov Davronbek ,,Eng yaxshi yoshlar yetakchisiʼʼ koʻrik tanlovida gʻolib boʻldi. "Autonomous" jamoasi esa tanlovda munosib ishtirok uchun tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

QSXET fakulteti 2-bosqich talabasi To'lqin Ergashov axboroti

Universitet matbuot xizmati