TIQXMMI yangiliklari

img
09.04.2024

Erta turmush- keltirar tashvish

Joriy yilning 8-aprel kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova tomonidan "Erta turmush- keltirar tashvish" mavzusida seminar  o'tkazildi.  Tadbirni fakultet yoshlar bilan ishlsh va ma'naviy- ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari Jamshid Turdiyev ocha turib, talaba qizlarimizni Hayit bayrami bilan tabrikladi.  Samimiy tilaklar bildirib, seminarni yaxshi o'tishda muvaffaqiyatlar tiladilar. "Erta turmush - keltirar tashvish" mavzusiga oid tayyorlangan video rolik namoyishi bilan boshlandi.

Tadbir mehmoni Yunusobod tumani 53- oilaviy  poliklinikaning oliy toifali vrachi terapevti Norqulova Yulduz Iskandvrovna o’z fikrlari bilan qatnashdilar. Ular erta turmush natijasida kelib chiqadigan salbiy oqibatlar, uni oldini olish uchun respublikamizda ko'rilayotgan chora - tadbirlar to'g'risida gapirb berdilar  Talaba qizlarimiz yangi ma'lumotlar oldilar, fikr almashdilar. Tadbir qizg'in savol-javoblar bilan davom etib, sermazmun, foydali tarzda o'tdi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati