TIQXMMI yangiliklari

img
13.05.2024

Erkakni erkak, ayolni ayol tushunadi

Doimiy an'ana tarzida barcha proffesor o'qituvchilar universitet talabalari turar joyiga borib, turli ma'naviy-ma'rifiy ishlarni olib borib kelishmoqda, shu o'rinda "TIQXMMI" MTU "Iqtisodiyot" fakulteti "Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchilari tomonidan bu turdagi ishlar muntazam ravishda olib borilmoqda va har bir tashrif muayyan mazmunni kasb etadi. Xususan, o'tgan hafta kafedra o'qituvchilari Nargiza Yuldashova va Mohidil Ziyadulloyevalar ham TTJga tashrif buyurib, u yerdagi talaba qizlar bilan "AYOLNI FAQAT AYOL TUSHUNADI" mazmunida dildan suhbat olib borishdi.

Faqat qizlar emas, TTJ dagi talaba yigitlar bilan ham "ERKAKLAR SUHBATI" mazmunidagi fikr-mulohazalar Doniyor Ergashov va Odil Yoqubovlar tomonidan olib borildi.

Bunda talabalar xohish-istaklari, imkoniyatlari va ko'zlagan rejalari va ularni amaliy tadbiqi bo'yicha savol-javoblar o'tkazildi.

"Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi N.Yuldashova axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati