TIQXMMI yangiliklari

img
09.10.2023

Erasmus+ HWCA loyihasi doirasida uchrashuv

 Erasmus+ HWCA loyihasi doirasida menejment uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida O‘zbekistonda suv diplomatiyasi va suv resurslarini boshqarish sohasida mutaxassislarni tayyorlash muhimligi taʼkidlab o‘tildi.

O‘zbekistondagi yuqoridagi sohada va unga aloqador tarmoqlarning tahlili hamda Markaziy Osiyodagi boshqa aloqador tarmoqlar haqida qisqacha tavsif, O‘zbekiston suv sektorining tahlili, shu jumladan transchegaraviy suv resurslarini o‘qitishga qaratilgan fanlar tahlili, siyosat va rivojlanish dasturlari, ularni tayyorlash, qabul qilish va monitoring qilish uchun masʼul bo‘lgan davlat organlari bilan ishlash kabi masalalar yoritildi.

 Navbatda professor-o‘qituvchilar bilan muloqot ko‘rinishda uchrashuv tashkil etildi. Bunda kadrlar tayyorlashda bir qator professor-o‘qituvchilar bilan uchrashib, kelajakdagi loyiha vazifalari kelishib olindi.