E'lonlar

07.02.2022

 “English  Speaking Competition”

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti  talabalarining bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish va xorijiy  til  ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida  “English  Speaking Competition”  (Ingliz tilida So’zlashish  Tanlovi)ni  e’lon  qilamiz.  Ushbu  tanlovda SXTEB  fakultetining  bakalavr  bosqichida  tahsil  olayotgan 1-kurs talabalari  ishtirok etishlari mumkin.  Bu tanlov Universitetimizning barcha fakultetlarida navbat bilan  o’tkaziladi.  Tanlov  ikki  bosqichda  o’tkazilib,  yuqori  natijani  qo’lga  kiritgan  talabalar taqdirlanadilar.  
O’tkazilish joyi va vaqti:
11 Fevral sanasida  soat -14:00
Axborot Resurs Markazi, 2-qavat
“Kasbiy Rivojlantirish Markazi” (British Council & “TIIAME” NRU).
Markaz treneri va “Ingliz tili” kafedrasi ustozlari sizni kutib qolishadi. 
Ro’yxatdan o’tish uchun guzaleshchanova1979@tiiame.uz  manziliga yozing
Murojaat uchun : +998946378246 Eshchanova Go’zal.