TIQXMMI yangiliklari

img
09.02.2024

“Energomax” kompaniyasiga ekskursiya

Ma’lumki, bugungi kunda ta’limni ishlab chiqarish bilan bog‘liq holda olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Toshkent irrigatsiya qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, "Energetika" fakulteti dekani A.Isakov boshchiligidagi professor o’qituvchilar va bir guruh talabalar uchun zamon talabidan kelib chiqib, ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan uyg‘unligini ta’minlash maqsadida 8-fevral kuni Toshkent shahridagi “Energomax” kompaniyasiga ekskursiya tashkil etildi.

U yerda talabalar transformatorlarni butlovchi qismlaridan tortib kabellarga izolyatsiya qatlamini o’rash va moy quritish jarayonlari hamda transformatorlarning ishchi holatga kelishigacha bo’lgan qismi bilan tanishishdilar. Talabalarga atroflicha nazariy va amaliy ma’lumotlar berildi. Ekskursiya so’ngida “ENERGOMAX” kompaniyasi bilan universitetimiz o’rtasida soha boʻyicha kadrlar tayyorlash hamda amaliyot o’tash bo’yicha kelishuvga erishildi Bu kabi hamkorlikdagi ekskursiya va davra suhbatlarini tashkil etilishi talabalarni bevosita amaliyot bilan bog‘lash va malakali mutaxassis etib tayyorlashda yordam berishiga ishonamiz.

Universitet matbuot xizmati