TIQXMMI yangiliklari

img
30.03.2024

"Energetika"ning iqtidorli yoshlari

Joriy yilning 29-mart sanasida Iqtidorli yoshlarni qo‘llab - quvvatlash Iste'dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash “Ulug‘bek jamg‘armasi” tashabbusi bilan tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida yoshlar katta shijoat bilan qatnashishmoqda. “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Energetika” fakulteti talabalari orasida ham tanlovning tuman bosqichidan g‘alaba bilan o‘tib, viloyat bosqichiga qatnashish imkonini qo‘lga kiritgan talabalarimiz safi 18 nafarni tashkil qilmoqda.

Ana shu talabalarimizni tabriklash hamda keyingi bosqichlarga zafarlar tilab, qo'llab-quvvatlash maqsadida fakultet dekani A.Isakov,  dekan o‘rinbosari I.Buxorov va tyutorlar B.Abdullayev, D.Xudoynazarovalar  talabalarga o‘z maslahatlarini berishdi hamda keyingi bosqichda  omadlar yor bo‘lishini tilashdi. Biz sizlarga ishonamiz, g‘alabalar bardavom bo‘lsin aziz talabalar!                   

Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

 

Universitet matbuot xizmati