TIQXMMI yangiliklari

img
20.02.2023

Energetika tizimidagi muammolarga bag’ishlangan ilmiy-texnik anjuman

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida 2023-yil 16-fevral kuni Energetika tizimidagi muammolar va ularning maqbul yechimlari mavzusidagi ilmiy-texnik anjuman oʻtkazildi. Anjumanda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ayniqsa quyosh energiyasidan foydalanishda quyosh panellari va invertorlar ishlab chiqaruvchi xorijiy korxona vakillari jumladan, Nura Solar, Huawei, Trina Solar hamda iste’molchilar (kichik korxona va tashkilotlar rahbarlari, tadbirkorlar, fermerlar, OTMlaridan vakillar va boshqa qiziquvchilar) va shu sohada xizmat koʻrsatuvchi muhandislar hamda olimlar ishtirok etishdi. Tadbir ma’ruza va savol – javob koʻrinishida tashkil etildi. Bunda iste’molchilar (kichik korxona va tashkilotlar rahbarlari, tadbirkorlar, fermerlar, OTMlaridan vakillar va boshqa qiziquvchilar) ishlab chiqaruvchilarga quyosh energiyasidan foydalanish boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollariga ishlab chiqaruvchilar va olimlar tomonida asosli javoblar olishdi.

«TIQXMMI» MTU Qayta tiklanuvchan energiya manbalari kafedrasi magistratura va tayanch doktorantura talabalari oʻzlarining ilmiy ishlar natijalari ulashish bilan birga kelajak ishlarida zaruriy ma’lumotlarga ega boʻldilar. Anjuman soʻngida ishlab chiqaruvchi xorijiy korxona vakillari, muhandislar hamda olimlar qizgʻin muzokaralar olib borishdi. Hamkorlik olib borish boʻyicha kelishuvlar amalga oshirildi. Tadbir qatnashchilari va korxona vakillari «TIQXMMI» MTU rahbariyati va anjuman tashkilotchilariga chuqur minnatdorchilik bildirishdi.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi oʻqituvchisi R.Qobilov axboroti

Universitet matbuot xizmati