TIQXMMI yangiliklari

img
02.02.2023

“ELEKTRQISHLOQQURILISH” AJ ga tashrif

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5847-sonli Farmonining 3-bob 5-bo‘limida, ishlab chiqarish korxonalarida dars mashg‘ulotlari va talabalar amaliyotini samarali tashkil etish, hamda Institutimizning 2019 yil 30 sentyabrdagi  6-majlis bayonining 12-bandiga asosan ya’ni universitetda talabalarni 5+1 tizimi asosida o‘qitishni joriy etish maqsadida, 5430500-Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi 3 kurs talabalarini, 2023 yilning  1 fevral  “ET va EUE” kafedrasi professor-o‘qituvchilari N.A.Nuralieva, N.M. Markaev hamda Sh.B. Yusupovlar 301, 302-guruh talabalari bilan “Elektrqishloqqurilish” AJning Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Toshkent Tayanch Ustunlari ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurishib, zavodning ishlab chiqarish jarayonlari, ularni ekspluatatsiya qilish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida batafsil hamda 5+1 dasturi bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirishdilar.Talabalar uchun bu dars mashg‘ulotlari juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi. Talabalar o‘zlari qiziqqan savollariga mutaxassislardan yetarlicha javoblar olishdi. 

Universitet matbuot xizmati