TIQXMMI yangiliklari

img
02.04.2023

Dunyo – o'y - fikrlarimiz aksi

Joriy yilning 27 fevral kuni “TIQXMMI” MTU Iqtisod fakulteti 1-kurs 107-108-guruh  talaba yoshlari bilan   universitet psixologi  M.K.Muhammedova va Iqtisod fakulteti tyutori M.Vafoyevalar hamkorlikda «Olam – tiniq ko'zgu va u bizning fikrlarimiz aksi» mavzusida tadbir tashkil etdilar. Tadbir talabalarga o'y fikrlarni nazorat qilish orqali hayotda sodir bo'ladigan negativlardan xalos bo'lish yo'l yo'riqlarini o'rgatish va bumerang, tortishish qonuni to'g'risida tushuncha berish, olam misoli oyna, biz unga qaysi nuqtai nazar bilan nigoh solsak ana o'sha fikrlar hayotimizda moddiylashishi haqida ma'lumotlar berish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda universitet psixologi o'z nutqida: “Hayot go'zal ekaniga ishonsangiz - hayotingiz go'zallashadi. Agar, "Hayotda yashashni ma'nosi qolmadi", - desangiz, hayotingiz o'z mazmunini yo'qotadi. Agar siz, "tushkunlik va hayot sinovlaridan chiqish yo'li yo'q", - desangiz, u yo'lni topolmaysiz.Siz o'zingizga ishonsangiz, har qanday qiyinchiliklardan chiqish yo'lini topasiz va u yo'lni albatta ko'ra olasiz. Siz yomonlikni kutsangiz u kelmay qolmaydi. Kasallikdan qo'rqsangiz – bemor  bo'lasiz.Omadga ishonsangiz – uni yaratasiz. Baxtni kutsangiz – u siz tomon yo'lga chiqadi.

Shunday ekan hamisha yaxshi narsalar haqida o'ylang va yaxshi narsalarni kutib yashang!”,- dedi. Guruh tyutori M.Vafoyeva ko'pqirrali qiziquvchan pedagoglarimizdan. U ezoterik psixologiyaga qiziqish bilan birgalikda, shu sohani o'rganish bilan shug'ullanib kelmoqda. Ezoterik psixologiya bu – insonning ichki holati va qalbini anglatuvchi ilm. Bu yunoncha so'zdan olingan bo'lib, ichki bilim va ichki holat, degan ma'nonini bildiradi. Bu ichimizdagi asliyatni anglash usulidir. Bu usul yordamida insonlarning qalbi ochilgani sari, hayoti yengillashadi va bu olamda qiyinchiliksiz yashaydi. Insonning asliyati bu boshqalarga va hayotdagi turli  vaziyatlarga nisbatan shartsiz sevgi holatida  bo'lishidir. Ya'ni, hech kimdan hech nima kutmay yashash, boshqalarga bo'lgan mehr-muhabbati evaziga ulardan tovon to'lashni istamaslik, nimadir bergani uchun nimadir ta'ma qilmaslik qa qalban xotirjam yashashdir. Agar inson o'zining ichki holatini anglasa, bu uning hayotida aks etishni boshlaydi. Ya'ni o'zini anglagani sari, boshqalarga nisbatan munosabati shartsizlashadi, ularni boricha qabul qilishni o'rganishni boshlaydi. Yon-atrofidagi odamlar u istagandek bo'lmasligidan iztirob chekmaydi, g'azablanmaydi yoki “bu yaxshi”, “u yomon”, deya hech kimni ajratmaydi. M.Vafoyeva inson o'zgarsa, atrof olam o'zgarishi haqidagi mazu doirasida qiziqarli ma'lumotlar berib o'tdi. Mavzu juda ham qiziqarli bo'lgani sababli barcha talabalar tadbirda faol qatnashishdi va o'zlari uchun hayotda to'g'ri yo'l ko'rsata oluvchi, dasturilamal bo'la oladigan ma'lumotlarga ega bo'lishganinini ta'kidlab o'tishgani quvonarli holat. Tadbir ko'tarinki kayfiyatda nihoyasiga yetdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati