TIQXMMI yangiliklari

img
07.05.2024

“Dual ta’lim bo’yicha Vengriya tajribasi” mavzusida Obuda Universiteti professori Monica Pogatsnik ma’ruzasi

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti, “Ingliz tili” kafedrasi  dotsenti G.Eshchanova tashabbusi bilan “Dual ta’lim bo’yicha Vengriya tajribasi” mavzusida Obuda Universiteti professori Monica Pogatsnik ma’ruzasi onlayn vebinar ko’rinishida tashkil qilindi.   

Onlayn webinar universitetimizning Axborot-Resurs Markazi direktori PhD M. Yaxyoyev, “Iqtisodiyot” fakulteti dekani PhD U.Alimov, “Ekologiya va huquq” fakulteti dekani PhD X.Pirmatov, Xotin qizlar ko’mitasi raisi Prof.Z.Ismoilova, PhD Mustafoyeva, “Ingliz tili” kafedrasi jamoasi, ‘Iqtisodioyt” fakulteti dekan muovini J.Turdiyev, fakultet tyutori G.Shodiyeva va bir qator-professor o’qituvchilar va talabalarning offlayn va onlayn ishtirokida Axborot-Resurs Markazining Videokonferens zalida tashkil qilindi.Zoom platformasi orqali tashkil qilingan Onlayn Webinarda universitetimizning ko’p sonli professor-o’qituvchilari bilan birga Toshkent Arxitektura va Qurilish Universiteti va Toshkent Davlat Transport Universiteti jamoalari ham faol qatnashishdi.  

Tashkil qilingan seminar-trening davomida “Dual ta’lim bo’yicha Vengriya tajribasi” mavzusida Obuda Universiteti professori Monica Pogatsnik ma’ruzasi tinglanib, xalqaro tajribada amaliyot o’tash jarayonida xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik imkoniyatlari, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, Dual ta’lim asosida ikki tomonlama diplom taqdim etish dolzarb masalalar boyicha qizg’in muxokamalarga boy fikrlar tinglandi va savol javoblar tarzida davom etdi.  Obuda Universitetidagi Dual ta'lim dasturining afzalligi nimadan iborat? Dual ta’limga ko’ra birinchi semestrdan boshlab talabalar o‘qish davomida nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlariga ega bo’lishadi.Obuda Universiteti tajribasiga ko’ra talabalar universitetda jami 72 hafta o'qishadi, professor- o'qituvchilar barcha zarur nazariy bilimlarni o'rgatishadi.