TIQXMMI yangiliklari

img
19.01.2023

Dong qozongan Dostonbek

2022 yilning 16-20 - dekabr kunlari Buxoro viloyatida "Turon" yakka kurashi turi bo'yicha bo'lib o'tgan OSIYO chempionatida universitetimizda tahsil olayotgan talaba Ravshanbekov Dostonbek Rustam o'g'li ishtirok etdi. U nafaqat ishtirok etdi, balki, ushbu chempionatda 65 kg vazn toifasida 1-o’rinni egallab, OSIYO CHЕMPIONI sifatida Vatanimiz bayrog'ini madhiyamiz sadolari ostida yuksaklarga ko'tardi. Ushbu munosabat bilan TIQXMMI MTU  rektorining 28.12.2022 yil 1581/t-sonli buyrug'i bilan "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti 206-guruh talabasi Ravshanbekov Dostonbek Rustam o'g'li bazaviy stipendiyaning 2.0 (ikki) barobari miqdorida rag'batlantirildi. Dostonbek va u kabi mard va jasur o'g'lonlarimiz mamlakatimizning shuhratini dunyoga tanitmoqda, nomlari sportning tarix zarvaraqlariga tilla harflar bilan yozib borilmoqda! Dostonbеk, g'alaba muborak, har doim omad yor bo'lib, nomingizga dostonlar bitilsin!

Maʻlumot sifatida: "TURON" YAKKA KURASHI - milliy sport turi. Turkiy xalqlar jang qilish sanʼati namunasi sifatida qadimdan mashhur boʻlgan. Bu turdagi yakkama-yakka kurashish usuli Amir Temur davrida takomilllashgan. "Turon" yakka kurashining zamonaviy qonun-qoidalarini xalqaro miqyosdagi sport ustasi B. Saidov ishlab chiqdi (1991). Kurashchilar peshonaband belbogʻ bogʻlab, yaktak, keng ishton kiyib musobaqalashadilar.

GTQ fakulteti tyutori D.Xursandova axboroti

Universitet matbuot xizmati