TIQXMMI yangiliklari

img
13.10.2023

Dolzarb mavzudagi vebinar

       “Toshkent irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash  muhandislari instituti” milliy tadqiqot  universiteti rektorining xotin-qizlar bilan “odob-axloq qoidalari” va “Kiyinish madaniyatiga rioya qilish” mavzusida “vebinar” o‘tkazish reja jadvaliga ko‘ra 2023 yilning 13 oktabr kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti talaba qizlari uchun universitetimizning Yoshlar masalalari va maʼnaviy maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektor Ro‘zimurot Choriyev Xotin-qizlar bo‘yicha maslahat kengashi raisi, pedagogiga fanlari doktori, professor  Ismailova Zuxra Karabayevna, Yoshlar masalalari va maʼnaviy maʼrifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i Haydarov Zuhriddin Rabimovich hamda “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani Fatxulloyev Alisher Mirzotillayevich ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

         Davra suhbatida Yoshlar masalalari va maʼnaviy- maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektor R. Choriyev hamda Xotin-qizlar bo‘yicha maslahat kengashi raisi Z. Ismailovalar so‘zga chiqishdi va talaba qizlarga “odob-axloq qoidalari” va “kiyinish madaniyatiga rioya qilish” yuzasidan kerakli tavsiyalarni berib o‘tishdi.

               Universitet matbuot xizmati