TIQXMMI yangiliklari

img
12.09.2023

Doktorantimiz 18-xalqaro suv kongressida

Xitoy Xalq Respublikasi Pekin shahrida 18-Xalqaro suv kongressi bo‘lib o‘tmoqda. Bu Kongressda dunyoning 100 dan ortiq davlatlari vakillari qatorida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti  Gidravlika kafedrasi 1-kurs Doktoranti Mahmudov Bekzodbek ham ishtirok etmoqda.

Tadbirda Xitoy Suv xo‘jaligi vaziri Mr Li Guo Ying va O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev o‘rtasida Irrigatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilish borasida o‘zaro fikr almashinib amaliy yordam masalasida kelishib olindi.

Universitet matbuot xizmati