E'lonlar

11.10.2022

DIQQАT TАNLOV!

Oliy taʼlim muassasalari kunduzgi taʼlim shaklining bitiruvchi kursida (4-kurs) oʼqiyotgan qobiliyatli yoshlarni Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xoʼjaligi obʼektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasiga (Davsuvxoʼjaliknazorat) ishga olishdan oldin saralash, ularning stajirovkasini tashkil etish maqsadida inspektsiya tomonidan tanlov eʼlon qilinadi.
Talabgor talabalardan quyidagilar talab etiladi:
60812500 - “Gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalaridan foydalanish”, 5340700 - "Gidrotexnika qurilishi" (suv xoʼjaligida) bakalavriat taʼlim yoʼnalishlarining 4-kurs talabasi boʼlishi;
Ms Word, Excel, Access, AutoCAD va boshqa shu kabi kompьyuter dasturlarini faol ishlatuvchisi boʼlishi;
Oʼzbek (kirill va lotin) va rus tillarini juda yaxshi bilishi, mazkur tillarda buyruq, farmoyish va boshqa talab etiladigan hujjatlarni shakllantirish boʼyicha yetarli malaka va koʼnikmalarga ega boʼlishi. 
Talabgorlar oʼzlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar (obʼektivka, taʼlim musasasasida oʼqiyotganligi toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma va pasport nushasi, taʼlim muassasasining tavsiya xati)ni Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Toʼrqqoʼrgʼon koʼchasi, 26-uy manzilida joylashgan inspektsiyaning maʼmuriy binosiga olib kelib topshirishi yoki telegram ijtimoiy tarmogʼidagi Inspektsiya - tanlov guruhi (https://t.me/+oyRGXiI9TKI2MTky) orqali elektron tarzda joʼnatishlari mumkin. 
Muloqot uchun telefon raqami: +99871 226-71-66, Quramatov Sardorjon. 
Tanlov boʼyicha hujjatlarni topshirish muddati - 15.10.2022 dan 30.10.2022 ga qadar. 
Har bir talabgor inspektsiyaning tegishli komissiyasi tomonidan suhbatdan oʼtkaziladi. Tanlov boʼyicha yakuniy qaror – inspektsiyaning ushbu komissiya xulosasi asosida stajirovkaga qabul qilinadi. 
Tanlovning oʼtkazilish tartibi:
1-bosqich: nomzodlarning bilim darajasini aniqlash uchun test sinovidan oʼtkaziladi;
2-bosqich: test bosqichidan muvaffaqiyatli (71 foizdan yuqori) oʼtgan talabalar inspektsiya tashkil etilgan maxsus komissiya tomonidan suhbatdan oʼtkaziladi.
3-bosqich: Suhbatdan muvaffaqiyatli oʼtgan nomzodlar stajirovkaga jalb etiladi.
Saytda oʼqish- https://v-nadzor.gov.uz/uz_Cyrl_UZ/page/385/diat-tanlov