E'lonlar

05.04.2023

Diqqat stipendiya

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti Iqtidorli-ijodkor talabalari  va magistrantlari diqqatiga!

Universitet tomonidan 2023-2024 o'quv yili uchun “Abdulla Oripov” nomidagi maxsus stipendiyaga tanlovi e'lon qilinadi!

Tanlovda bakalavr (1-, 2-, 3-bosqich talalabari) va magistrant (1-bosqich)lar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov 2 bosqichda amalga oshiriladi.

1️. FAKULTET BOSQICHI. (1-10 may oralig'i)

Joriy yilning 28-aprel sanasiga qadar o'zlari tahsil olayotgan  fakultetlariga (yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlariga) taqdim qilinadi va  taqdimoti o'tkaziladi.  Fakultet rahbariyati g'olibni universitet bosqichiga qatnashishi uchun taqdim etadi.

2️. UNIVERSITET BOSQICHI. (22-30 MAY ORALIG'I)

Fakultet bosqichi g'oliblarining  xujjatlarni  joriy yilning 15 - may sanasiga qadar  Universitet Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limiga  fakultet tomonidan taqdim etiladi. xar bir nomzod o'z taqdimoti bilan ishtirok etadi.

Tanlov shartlari bilan batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi Nizom orqali tanishishingiz mumkin.

P/S.   Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti hamda Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutlari o'z nomzodlarini (1 nafardan) tanlov asosida universitet bosqichiga taqdim etadi.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Universitet ma'naviyat markaziga murojaat qiling!