TIQXMMI yangiliklari

img
22.02.2024

Dildan suhbat

2024-yil 16-fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti  Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi  E.G‘aniboyeva, tyutor O.Abdullayevalar  2-Talabalar turar joyida  talaba-qizlar ishtirokida  “Qizlarjon klubi”ni ish faoliyati bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Salomova Diyora loyihalar yaratish, ishlab chiqarishga joriy qilish bo‘yicha, o‘zining biznes-loyihasi bo‘yicha axborot berdi. Tyutor O.Abdullayeva so‘zga chiqib, talabalarimizga yaratilgan sharoit-imtiyozlar bo‘yicha axborot berar  ekan,  loyihalar bo‘yicha hamjihatlikda ishlash bo‘yicha tavsiyalar berdi. So‘ngra E.G‘aniboyeva   talaba-qizlarni yashash sharoitlari bilan tanishib, “Tozalik-salomatlik siri” bo‘yicha  kerakli ko‘rsatmalar berdi.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboeva axboroti

Universitet matbuot xizmati