TIQXMMI yangiliklari

img
04.03.2024

Deportatsiya tarixi bo‘yicha xalqaro telemost

2024 yil 1 mart kuni “Qozog‘iston tarixi va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari,  A. Qodirov nomidagi Chechen davlat universiteti, Qozog‘iston xalqi assambleyasi Qozog‘iston xalqi assambleyasi ilmiy ekspertlar guruhi, Qozog‘iston xalqlari assambleyasi etnomadaniy birlashmalari vakillari, Kenjegali Sagadiyev nomidagi Xalqaro biznes universiteti, Temirbek Jurgenov nomidagi Qozog‘iston Milliy Badiiy Akademiyasi, Chechen davlat pedagogika universiteti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda “Xalqlar deportatsiyasi: fojea va najot” mavzusida xalqaro telemost bo‘lib o‘tdi.

Ushbu dasturda TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti professori, tarix fanlari doktori Shohista Mamajonovna O‘ljayeva ishtirok etdi.

Sh. O‘ljayeva o‘sha davrda tarixiy parallelda O‘zbekistonda ham o‘xshash jarayonlar yuz bergani, qrim-tatarlar, chechenlar, mesxeti turklar, koreyslar va boshqa xalqlar yurtimizga deportatsiya qilingani haqida gapirib o‘tdi. Olima o‘zbek xalqi qiyni mahallarda xalq ularga yordam qo‘lini cho‘zgani, bu yerda ular najot topgani, hozir O‘zbekistonda yashayotgan bu xalqlar o‘zlarini mana shu vatanning farzandi deb bilishi, ona vatani deb hisoblashi haqida alohida ta’kidlab o‘tdi. 

Bu xalqaro telemost samarali va qiziqarli bo‘ldi va ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Universitet matbuot xizmati.