TIQXMMI yangiliklari

img
13.02.2024

 Dekan kubogi

“Energetika” fakulteti Joriy yilning 12-fevral  kuni Universitet Sport majmuasida, talabalarni bo‘sh vaqtida sportga jalb qilish maqsadida “Energetika” fakulteti dekan o‘rinbosari I.Buxorov, tyutor B.Abdullayev va “Yoshlar ittifoqi jamoasi” fakultet faollari  1-bosqich talabalari oʻrtasida “Dekan kubigi”  sportning Mini futbol bo‘yicha  musobaqasi boʻlib oʻtdi.  Oʻyinlar  qizgʻin, murosasiz boʻlishiga qaramasdan tashkilotchilar nazoratni saqlab tura olishdi.

 Mini futbol musobaqasida 103-guruh 3-oʻrin 104-guruh 2-oʻrin va 101-guruh 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Oʻzini koʻrsata olgan iqtidorli futbolchilar  “Energetika” fakulteti terma jamoasiga saralanib olindi. G‘olib bo‘lgan guruh talabalariga diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.  Talabalar bu musobaqadan madaniy hordiq chiqazgan holda, dam olish kunlari yana tashkillashtirishni soʻrashdi.

"Energetika" fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati