Dekan bilan muloqot
Universitet rektorining 2023 yil 28-sentyabrdagi “Energetika fakultetining 2-3-4-kurs talabalarini ustozlarga biriktirish to‘g‘risida”gi 275-a/f-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha biriktirilgan talabalar bilan muntazam ravishda ushrashuv tashkil etilmoqda. Joriy yilning 18-yanvar kuni “Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasi professori Isaqov Abdusaid Jalilovich o‘zining navbatdagi shogirdlar bilan ushrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuvda Respublikamiz va dunyoda bo‘layotgan voqea va hodisalar to‘g‘risida suhbatlashildi. Talabalarga o‘quv va ilmiy yo‘nalishda maslahatlar berildi. Talabalar o‘zini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
"Energetika" fakulteti dekani A.J.Isaqov axboroti
Universitet matbuot xizmati