TIQXMMI yangiliklari

img
05.04.2024

Dadaxon Hasan kitobining taqdimotida

Taqdirning turli sinovlariga bardosh berib turli tazyiq va ta'qiblarga duchor bo‘lgan inson "oyning o‘n beshi qorong‘i bo‘lsa, o‘n beshi yorug‘ bo‘ladi" - degan hikmatga umid bog‘lab yashagan insonni tasavvur qilish mumkin.

Bugungi kunda ro‘shnolikka chiqqan o‘z ijodiyoti bilan e'tiborga molik bo‘lib kelayotgan adiblardan biri shoir, hofiz , bastakor Dadaxon Hasanovdir.

Mustaqillikdan oldin yurt ozodligi  haqida baralla kuylab, sherlar yozib, qo‘shiq aytib elni e'tiboriga tushgan Dadaxon aka sal kam o‘ttiz besh yildan keyin yana ijodga qaytdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining katta tadbirlar zalida Dadaxon Hasanning "Dardi borning dodi bor" deb nomlangan she'riy majmuasining tag‘dimoti bo‘lib o‘tdi. Unda turli mehmonlar bilan birga universitetimizning professor o‘qituvchilari va sirtqi ta'lim yo‘nalishi talabalari ham ishtirok etishdi.

Tadbirni uyushma raisi Sirojiddin Said olib bordi. Dastavval, so‘z O'zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ahmadjon Meliboyevga berildi. U Dadaxon aka ijodiyotiga daxldor xarakterli chizgilar haqida so‘z yuritdi. So‘ngra taniqli va tajribali jurnalistlardan Sharof Ubaydullayev, Muxtor Xudoyqulov va boshqalar so‘zga chiqishdi.

Tadbir davomida Dadaxon Hasanovning shogirdlari ustoz repertuarida bor bo‘lgan qo‘shiqlardan ijro etib turishdi. Ularning ovozlari aynan Dadaxon akaning ovoziga o‘xshab turardi.

Tadbir yakunida Dadaxon Hasanovning o‘ziga so‘z berildi. U kitobga kiritilgan she'rlaridan ayrim namunlar o‘qidi. Tadbir maroqli tarzda kechdi.

Universitet matbuot xizmati