TIQXMMI yangiliklari

img
18.05.2024

Cho‘milish qoidasi-umr foydasi

Cho‘milish kishiga g‘ayrat va shijoat baxsh etadi yoz mavsumi kelgach, kunning issiq harorati kishining cho‘milishga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi. Shu sababli nafaqat kichik yoshdagilar, balki yoshi katta kishilarni ham suzish havzalarida uchratamiz. Cho‘milish masalasida doimo hushyor bo‘lish cho‘kish bilan bog‘liq mudhish holatlarning oldini oladi. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 10 maydagi 3/15-52-716-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida, Gidromelioratsiya fakulteti tabalariga HFX kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda suvda cho‘kish bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri  o‘tkazildi. Tadbirlar davomida «Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar» va «Suvda cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarni oldini olish» mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi. HFX kafedrasi dotsenti Sayidxonova N cho‘milish va cho‘kish bilan bog‘liq favqulodda holatlarning oldini olish borasida nimalarga e’tibor berish kerakligi, shuningdek, bu borada nimalarga e’tibor berish kerakligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Ekspertiza xulosalari va tahlillariga qaraganda, suvda cho‘kish kabi baxtsizlik yuz berishiga sabab, avvalo, ta’qiqlangan joylarda cho‘milish, suzishni bilmaslik yoki spirtli ichimlik iste’mol qilish tufaylidir. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, cho‘milish borasida hushyor bo‘lish kishi salomatligi va xavfsizligining garovidir. Shunday ekan, yurtimizda mavjud cho‘milish havzalaridan foydalanganda hushyor bo‘lish, bu borada ma’lum qoidalarga amal qilish hamda farzandlarimizning taqiqlangan joylarda cho‘milmasligini nazorat qilish orqali ularning xavfsizligini ta’minlash har birimizning burchimizdir.

Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari O.Ro`zibayev axboroti

Universitet matbuot xizmati