TIQXMMI yangiliklari

img
21.02.2023

Chet el universitetidagi navbatdagi ma’ruza darslar

Bioenergiya BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij kelishuvini amalga oshirishda muhim va konstruktiv rol o‘ynashi, shu bilan birga iqlim maqsadlarini, oziq-ovqat xavfsizligini, yerdan yaxshiroq foydalanishni va barcha uchun barqaror energiyani ilgari surishi mumkin. Shu ravishda qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya va bioenergetika sohasida universitetda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi professori Tursunov Obid Bobokulovich shu kunlarda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan ITMO Milliy tadqiqot universitetida bo‘lib turibdi.

Ushbu safar doirasida kafedra professori ITMO Milliy tadqiqot universiteti Biotexnologiya va Kriogen Tizimlar Megafakulteti, Energetika va Ekologik Texnologiyalar Fakulteti talabalari, doktorantlari hamda ilmiy izlanuvchilariga “Bioenergetikani rivojlantirish istiqbollari” kursidan ingliz tilida ma’ruza va amaliy darslar olib borishi belgilangan. Bundan tashqari ITMO tadqiqotchilari bilan birgalikda o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini Q1-Q2 toifasidagi jurnallarda maqola chop etish rejalashtirilgan.

Professor O. Tursunov o‘z ma’ruzalarida bioenergiya bu bioiqtisodiyotning katta bir qismligini, oziq-ovqat, bioenergiya va boshqa maqsadlar uchun biomassa ishlab chiqarishga bo‘lgan munosabat yagona yakuniy foydalanish yo‘nalishidan integratsiyalashgan ishlab chiqarish tizimlariga o‘zgarishi kerakligini qat’iy ta’kidlab o‘tdilar. Universitet professorining ITMO Milliy tadqiqot universitetidagi safari davom etmoqda.

“ETvaQTEM” kafedrasi tayanch doktoranti N.Аbdug ‘aniyev

Universitet matbuot xizmati