TIQXMMI yangiliklari

img
09.10.2023

Chempion bilan uchrashuv

Yurtni hech narsa dunyoga sportchalik tez tanita olmaydi. Erishilgan g’alabaning zamirida albatta, yillab qilingan mehnat yotadi. “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari X.Ro’zmetov va I.Ahmedovalar tomonidan “Chempion bilan uchrashuv” tadbiri o’tkazildi. E’tiborlisi mazkur uchrashuvga taklif qilingan chеmpion ham ayni shu fakultetning 1-bosqich 106-guruh talabasi Firdavs Botirov. Firdavs ham vatanimiz bayrog’ini yuksaklarga ko’targan faol yoshlardan. U sportning “para pauerlifting” yo’nalishida O’zbekiston chempioni shuningdek, Jahon chempionati kumush medali sohibi va O’zbekiston  terma jamoasining 1-o’rinni qo’lga kiritishida o’z hissasini qo’shgan qahramonlardan biri. Uchrashuv davomida Firdavs Botirov talabalarga o’z chempionlik yo’li va ungacha bo’lgan mashaqqatlar, g’alaba nashidasining zavqi hamda bu jarayondagi hissiyotlari haqida ham gapirib o’tdi. Tadbir yakunida talabalarga sport bilan shug’ullanish va sport musobaqalariga qatnashish uchun universitetda yaratilgan sharoitlar haqida ham ma’lumotlar berildi. Talabalar champion bilan uchrashuvdan o’zlariga kerakli xulosalar va motivatsiyalar olishdi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari  X.Ro’zmetov va  I.Ahmedova axboroti

Universitet matbuot хizmati