TIQXMMI yangiliklari

img
04.10.2023

Chempion bilan uchrashuv

2023 yilning 3 oktabr kuni Gidrotexnika qurilishi fakulteti 1-kurs talabalari o'rtasida Chempion bilan uchrashuv tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Finlyandiyaning Tampere shahrida sportning Tayekvon-do turi bo'yicha bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida faxrli ikkinchi o'rinni egallagan fakultetning 2-kurs talabasi Shohjahon Ergashev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda 80 nafardan ortiq 1-kurs talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Shohjahon Ergashev tomonidan sportning Tayekvon-do turi bo'yicha tushuncha berildi hamda Finlyandiyaning Tampere shahrida bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati musobaqalari taassurotlari talabalarga yetkazdi. Tadbir savol javob tarzida olib borilib talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Tayekvondo sport turi bilan jiddiy qiziquvchi talabalarni o'zi shug'ullanayotgan sport maktabiga taklif etdi. Tadbir ko'tarinki ruhda o'tdi.

                GTQ fakulteti tutori X.Saidova 

TIQXMMI MTU matbuot xizmati