TIQXMMI yangiliklari

img
08.02.2024

Buyuklar hamisha dilimizda

Buyuklar, davlat arboblari, shoir va yozuvchilarni qoldirgan asarlari, she’r va g‘azallarini yodga olish maqsadida, joriy yilning 7 fevral sanasida G-608 xonada “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti "Gidromelioratsiya" fakulteti talabalari bilan buyuk shoir va mutafakkir A. Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.  

Tadbirda talabalarimiz A.Navoiy ijodiga mansub g‘azallardan namunalar keltirishdi. Uning hayoti va ijodi haqida o‘zlarining fikr - mulohalarini bildirishdi. Shoirning 5 dostondan iborat “Xamsa” asari haqida ham har bir talaba o‘zining fikr-mulohazasi bilan qatnashdi. Tadbir ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi.  

G'urbatda g'arib shodmon bo‘lmas emish,

El anga shafiq-u mehribon bo‘lmas emish.

Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,

Bulbulg'a tikondek oshyon bo‘lmas emish.

      “Gidromelioratsiya ” fakulteti tyutori G.Z.Axmedjanova axboroti

                                                                                             Universitet matbuot xizmati