TIQXMMI yangiliklari

img
09.10.2023

Buyuk shoirni yod etib

Ulug’ shoirni yodlab qilingan ishlarning savobi ham xayrli bo’ladi. Ustoz va talabalar O’zbekiston qahramoni Abdulla Oripovning ijodiyotini ommalashtirishdek xayrli ishlarni boshlab yuborishgani  e’tiborga molik. 2023 yil 27 sentabr kuni "Adiblar xiyoboni"da  Abdulla Oripovga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda “Energetika” fakulteti tyutori D. Khudoynazarova bilan ustoz Orif Qilichov birgalikda birinchi kurs talabalarini olib borib faol ishtirok etdilar. Bu tadbirga yozuvchilar uyushmasidan yosh shoirlar Qunduz Asad, Alisher Toyev, Minhojiddin Mirzo hamda chet ellik shoirlar kelib qoʻshilishdi. Chet ellik mehmonlar bizning tadbirimizga oʻzlarining ijobiy tilaklarini bildirishdi.

“Energetika” fakulteti tyutori D. Xudoynazarova axboroti

Universitet matbuot xizmati