TIQXMMI yangiliklari

img
16.04.2024

Butunjahon Yer kuni

Har yili 22 - aprel - Butunjahon Yer kuni sifatida nishonlanadi. Yarim asrdan beri nishonlanayotgan bu sanada har yili milliarddan oshiq odam sayyoramizni qiynayotgan muammolar haqida bong uradi. Shu munosabat bilan “Yer resurslari va kadastr” fakulteti dekani A.N.Inamov va professor-o‘qituvchilar boshchiligada “Yer sharini asraylik” shiori ostida bir necha tanlovlar e’lon qilingan.

2024 - yil 15 - aprel kuni fakultet magistrant va bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “GeoSience” maqolalar tanlovi tashkil etilib sovrindor talabalar aniqlanib olindi. Bu tanlovda talabalar tomonidan Yer sharini asrash bo‘yicha qiziqarli maqolalar tayyorlanib ular professor-o‘qituvchilar tomonidan baholandi.

Dotsent O‘tkir Islomov axboroti

Universitet matbuot xizmati