E'lonlar

24.02.2024

"Butunjahon suv kuni" texnologik loyihalar tanlovi

Smart Solutions SystemFebruary 23, 2024

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti, “Gidromelioratsiya” fakulteti,  “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi va “Smart Solutions System” MCHJ bilan hamkorlikda Butunjahon suv kuni munosabati bilan tanlov e’lon qiladi.

Mavzu: Suv resurslarini boshqarish va hisobini raqamlashtirishda innovatsion texnika va texnologiyalar

Tanlov maqsadi: Talabalar, magistrant va yosh olimlarda suv  resurslarini boshqarish va hisobini raqamlashtirishda innovatsion texnika va texnologiyalar rivojlantirish bo‘yicha malakalarini shakllantirish.

Tanlov ishtirokchilari: Tanlovda Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatura, magistratura hamda PhD talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali joriy yilning 12-mart kuniga qadar ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Diqqat!!! Google ariza shaklida har bir kiritiladigan ma’lumot uchun aniq qilib shartlari berilgan. Shartlarga rioya qilib to‘ldiring. Aks holda, arizangiz qabul qilinmaydi. Agar to‘ldirish shartlari tushunarsiz bo‘lsa, iltimos, maxsus quyida berilgan telergram guruhiga kirib so‘rang:

https://forms.gle/2bKpH6kSR3qv2Rpr6

Tanlov shartlari:

• innovatsion texnologiyani tanlov mavzusiga to‘liq mosligi;

• innovatsion texnologiyani yangiligi;

• innovatsion texnologiyani prototipi yo‘qligi;

• Respublikada bor texnologiyadan farqli tomoni uchun;

• G‘oya va texnologiyaning amaliyotga tadbiq etish imkoniyatlari;

• O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilish imkoniyatlarini inobatga olib qisqacha ta’rifini va texnologiyani tushuntirish shart;

• G‘oya va taqdimotga yangicha innovatsion uslubda yondashilganligi;

• Dolzarbligi va ilmiy ahamiyati;

• Taqdim etilgan g‘oya, maket va texnologiyaning mazmunan va mantiqiy namoyon etilganligi;

• Taqdim etilayotgan texnologiyani ommalashtirish, maxalliy sharoitda ishlab chiqarish imkoniyati yuqoriligi.

Loyihani tushuntirib berish uchun maksimal vaqt 3 minutni tashkil etishi kerak.

Tanlov g‘oliblari qimmatli, kundalik hayotda zarur sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Qo‘shimcha ma’lumotlar bo‘yicha quyidagi “Telegram” ilovasi guruhida murojaat qilishingiz mumkin. Diqqat!!! Guruhda savol berish vaqti 1 soatga chegaralangan. Har bir xabarni chuqurroq o‘ylab yozing. Bir nechta qisqa xabar yozgandan ko‘ra, bitta kattaroq xabar yozgan afzalroq. Biz ularni sinchkov bilan o‘qib chiqib, har bir savolga javob berishga harakat qilamiz. Har bitta yangi savolni yangi qatordan ‘-’ (chiziqcha) belgisi bilan boshlab ‘?’ (so‘roq) belgisi bilan tugating. Fikringiz o‘zgarsa, xabarga o‘zgartirish kiriting. Savol berishdan oldin, berilgan barcha ma’lumotni sinchkovlab o‘qib chiqing. Guruhga kirganda hammaga salom berish, qiziqarli postlar, rasm yoki videolar tashlash mumkin emas. Faqat loyihada qatnashish va tashkiliy masalalarda murojaat qilish mumkin. Mavzudan tashqarida xabarlar o‘chiriladi va ko‘p mavzudan tashqari yozgan, qoidani buzgan hisoblanadi. Qoidalarga rioya qilmagan, guruhdan chetlashtiriladi (lekin tanlovda qoladi): https://t.me/suvkuni2024