TIQXMMI yangiliklari

img
30.10.2023

«Butunjahon jamg‘arish kuni” amalda

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti"  Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari, bakalavriat hamda magistratura talabalari ishtirokida “Turonbank” ATBning B-109 auditoriyasida navbatdagi “Butunjahon jamg‘arma kuni” mavzusida dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Ma‘ruza davomida “Turonbank” ATBning Operatsion departamenti boshqarma boshlig‘i Aripov Aziz Qobilovich yurtimizda aholining, ayniqsa uning eng faol qatlami bo‘lgan talaba yoshlarda moliyaviy savodxonlik madaniyatini shakllantirish masalalariga, dunyo davlatlarida jamg‘arish kuni joriy etilgani va unga amal qilinayotganligi to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar berdi. Yurtimizda ushbu dolzarb masalani holati va uni yechish uchun amalga oshirilayotggan chora-tadbirlar to‘g‘risida fikrlar bildirildi. Dars savol javoblarga boy bo‘ldi.  

 

Iqtisodiyot fakulteti dekani R.Xakimov malumoti

Universitet matbuot xizmati