TIQXMMI yangiliklari

img
03.06.2024

Britaniya Kengashining  “IELTS Ready Premium”  Dasturi xalqaro platformasida ilk bora MOCK IELTS  universitetimiz bitiruvchilari uchun kompyuterlarda tashkil qilindi

Ma’lumki,  Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda  “IELTS Ready Premium”  Dasturi universitetimizda taxsil olayotgan talabalarni ingliz tilini xalqaro standartlar asosida egallashlari uchun ishga tushirilgan bo’lib, bu imkoniyat bakalavr bosqichi bitiruvchilaridan magistraturaga o’qishga qabul qilinishlarida ingliz tilini  kamida B1+, B2  darajalarini egallashlarida ko’mak beradi.Bu kabi natijalarni qo’lga kiritishda universitetimizning Britaniya Kengashi bilan “IELTS Partnership Programme” shartnomasi asosida talabalarimizni IELTS xalqaro sertifikatlarni yuqori natijalar bilan egallashlarida qo’llab-quvvatlash va ularni rag’batlantirish, bepul IELTS kurslarini tashkil qilish bilan bog’liq masalalarda universitetimiz raxbariyati tashabbusi bilan bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.Ma’lumki, Britaniya Kengashi universitetimiz bitiruvchilari uchun IELTS xalqaro imtixoniga tayyorgarlik ko’rishga mo’ljallangan maxsus materiallar va qo‘shimcha imtiyozlardan foydalanishlari uchun ajoyib imkoniyatlarni taklif qiladi.

Joriy yining 1 Iyun sanasida Axborot-Resurs Markazida “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti va Britaniya Kengashining yaqin hamkorligi doirasida barcha fakultetlardan saralab olingan 20 nafar bakalavr bitiruvchilarimizga IELTS Ready Premium dasturi doirasida Mock IELTS (Computer-delivered) tashkil qilingan bo’lib, bitiruvchilarimiz LISTENING, READING va WRITING (Tinglash, O’qish,Yozish) komponentlari bo’yicha o’z bilim va ko’nikmalarini sinab ko’rishdi.Ushbu Mock IELTS imtixoni kompyuter versiyasini “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti Go’zal Eshchanova  Britaninya Kengashi ekspertlari bilan hamkorlikda tashkil qilishdi. Universitetimiz Axborot-Resurs Markazi raxbarlariga tadbirni yuqori nufuzda tashkil qilishda bergan yordamlari uchun o’zimizning tashakkurlarimizni bildiramiz.

Ushbu tadbirda qatnashgan universitetimiz bitiruvchilari Mirzabdullayev Ibraximjon, Axmadjanov Murodjon, Ortiqaliyev Shohjahon, Аbdullayev Аbubakir,  Tojimurodov Faxriddin, Yunusaliyev Nodir, Fayzullayev Bekzod, Boymurodov Yunus, Ne’matov Ma’rufjon, Madraximov Xasan va boshqa nomzodlar faol ishtirok qilishdi. 

IELTS Ready Premium dasturi va platformasida bakalavr bitiruvchialrimiz kompyuterda tashkil qilingan imtixon komponentlarini  belgilangan vaqt oralig’ida bajarishdi. Bu platformani ilk bor universitetimizda ishga tushirilishi va Britaniya Kengashining IELTS xalqaro imtixonlari bo’yicha Buyuk Britaniya ekspertlari taqdim qilgan o’quv materilallari bilan yaqindan ishlash,  IELTS Ready Premium dasturi va platformasi orqali IELTS imtixoni bo’yicha mutaxassislardan tavsiyalar olish,  videolar va kitoblardan tortib, interaktiv onlayn kurslarida ishtirok etish kabi bir qator imkoniyatlar taklif qilinadi.

Universitetimizning bakalavr bosqichi bitiruvchilarini Britaniya Kengashining Mock IELTS (Computer-Delivered) imtixonida qatnashib, o’zlarining til bilish natijalarini ekspertlardan bilib olishlariga taklif qilib qolamiz.

Murojjat uchun: Britaniya Kengashi va “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti xamkorligida tashkil qilingan “Kasbiy Rivojlantirish Markazi” ning  “Iqtisodiyot” Fakulteti filiali, 226-xona.

Trenerlar G.Eshchanova, D.Usmonova va N.Yoqubova

(professionaldevelopmentcentre@mail.ru, Telegram: @GuzalErkinovnaga)