TIQXMMI yangiliklari

img
15.04.2023

Boshqarma boshlig‘i talabalar bilan uchrashdi

Suv Xo‘jaligi Vazirligining "Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi" boshlig‘ining muovini Аtabay Ishchanov 14 aprel kuni SX va M bakalarvriat taʼlim yo‘nalishining 3 kurs talabalari bilan uchrashuv tashkillashtirildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad, bugungi kundagi suv xo‘jaligi sohasini bitiruvchi kadrlarining kelgusidagi ish faoliyatlarini qanday qilib tanlash, qayerga tashkilotlarga murojat qilish, ya’ni bitiruvchilari oldida turgan hamda yuzaga keladigan muammolar, muammolarning yechimlari, sohadagi yosh kadrlarga berilgan imkoniyatlar, Kadrlarni ishga qabul qilishdagi qo'yiladigan talablar kabi masalalar yoritib berildi.

Bundan tashqari 3-kurs talabalarining ishlab-chiqarish amaliyotini samarali o‘tkazish, amaliyot obyektlarida talabalarning soha bo‘yicha qiziqishlariga mos ravishda sharoit yaratib berilishi, Suv xo‘jaligi vazirligi va uning tarkibidagi bo‘limlarida stajerovka o‘tash uchun talabalar o‘rtasida tanlov tashkil qilinganligini ham alohida aytib o‘tdi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarining savollari, fikr-mulohazalari bilan qatnashdilar.

"Irrigatsiya va melioratsiya" kafedrasi assistenti SH. Mardiyev axboroti

Universitet matbuot xizmati