TIQXMMI yangiliklari

img
02.02.2024

Bo'sh ish o'rinlari to'g'risida taqdimot

Iqtisodiyot fakulteti dekani tashabbusi bilan Toshkent shahrida joylashgan "Texnopark" MCHJ bilan hamkorlik ishlari yo'lga qo'yilmoqda. Hamkorlik masalalari talabalarning o'quv, ishlab chiqarish hamda bitiruv oldi amaliyotlarini yuqori saviyada tashkil etish, fan, ta'lim, ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlashni o'z oldiga maqsad qilib oladi. Bugun 1-fevral kuni "Texnopark" MCHJ HR deportamenti mutaxassisi Diyor Parpiyev ishtirokida Iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun bo'sh ish o'rinlari to'g'risida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv tafsilotlaridan oldin MCHJ haqida qisqacha ma'lumot berib o'tsak. "TEXNOPARK" MChJ 2019 yil 10 iyunda tashkil etilgan.

 
Bundan ko‘zlangan maqsad import o‘rnini bosuvchi keng assortimentdagi sanoat mahsulotlari, qurilish materiallari va maishiy texnika vositalarini yetkazib berish bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, shuningdek yangi ish o‘rinlari yaratishdan iborat. «TEXNOPARK» mas’uliyati cheklangan jamiyati O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yuqori texnologiyali, raqobatbardosh, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan 20 ga yaqin loyihani birlashtirgan. "TEXNOPARK" asosiy va yordamchi ishlab chiqarish quvvatlariga ega:
Elektron gaz hisoblagichlari
Maishiy sovutgichlar
Sanoat konditsionerlari va sovutish tizimlari
Lift va eskalatorlar
Sanoat va maishiy suv nasoslari
Press-qolip va shtamplar
Eshik va derazalar romlari uchun furniture va aksessuarlar
Savdo sovutgich va muzlatgichlari
Panel radiatorlari
Metall konstruksiyalar
Sanoat sovutgich va muzlatgichlari
Maishiy avtomat kir yuvish mashinalari
PIR to‘ldirgichli sendvich panellar
Mis quvur va fitinglar
Bazalt toshidan issiqlik izolyatsiyalovchi materiallar
HPL panellar
Fotoelektr quyosh panellari
Sanoat suv isitish qozonlari
Quyosh suv isitish kollektorlari
Polimer mahsulotlari ishlab chiqarishi
Cho‘yan mahsulotlari ishlab chiqarishi
Aluminiy va ruxdan quyma ishlab chiqarishi. Uchrashuv davomida talabalar iqtisodiy blok haqida ham batafsil ma'lumotlar olishdi. Bitiruvchilar uchun moliya, buxgalteriya, iqtisodiyot bo'limlaridagi bo'sh ish o'rinlari, o'quv markaz faoliyati, servis markazi, yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma'lumot olib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. "Texnopark" MChJ bilan uchrashuvlar, hamkorlik masalalari davom ettiriladi.