TIQXMMI yangiliklari

img
14.01.2023

Bo’lsa osh, qovushar bosh

Ba’zan shunaqa hazil-huzil gaplar yuradi. Ishxonada qancha xodim borligini bilmoqchi bo‘lsangiz osh bering. Albatta, bu fikrni bizning universitetga daxli yo‘q. Jamoamiz o‘z ishiga mas’uliyat bilan qaraydigan, ishga o‘z vaqtida keladigan fidoyi jamoa.

 Bugun Universitetimiz oshxonasida Rektorimiz tashabbusi bilan soat 12:30 da professor-o‘qituvchilar va barcha xodimlar uchun va soat 13:00 dan esa talabalarga osh tarqatildi. Shirin va mazali qilib tayyorlangan palov hammaning ishtahasini ochdi hisobi. Bu vatan himoyachilari kuni oldidan bayramona taom ham bo‘ldi desak, xato bo‘lmaydi.

Hayotimiz ham xuddi kechagi oshdek totli bo‘lsin degan duolar qilinib rahbariyatga minnatdorchilik bildirildi.

Universiteti matbuot xizmati