TIQXMMI yangiliklari

img
15.02.2023

Boburga bag‘ishlangan badiiy kecha

Shoh va shoirlik taqdiriga bitilgan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiy yo‘li barcha uchun qiziqarli va ahamiyatlidir. Uning ijoiy merosi ayniqsa, aruz nazariyasiga oid qarashlari nihoyatda qiymatlidir. Uning ijodini yanada o‘rganish va ommaviylashtirish borasidagi dadil qadam va muhim hujjat Prezidentimiz tomonidan amalga oshirildi desak, xato bo‘lmaydi. Joriy yilning 25 yanvar kuni qabul qilingan "Buyuk shoir va olim, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"i qaror bu borada katta ahamiyat kasb etdi.

Boburning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi nafaqat milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishida, balki jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida o‘ringa ega. Mustaqillik davrida Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish, uning asarlarini yurtimiz va xorijiy davlatlarda targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, shoir tug‘ilgan kun – 14 fevral sanasi har yili mamlakatimiz bo‘ylab adabiyot va ilm-ma’rifat bayrami sifatida nishonlanmoqda.

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti madaniyat saroyida ham Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "BOBUR KABI SEVING VATANNI" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.14 fevral kuni o‘tkazilgan bu tadbir Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti balan hamkorlikda tashkil etildi. Unda 500 dan ziyod talaba, ellikdan ziyod professor oʻqituvchilar va universitet yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori Ruzimurot Choriyev ishtirok etdi. Tadbirda nufuzli mehmonlar, taniqli san'atkorlar qatnashdi. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Xayrulla Lutfullayev, Ahmadjon Dadayev, Ahmadjon Sharipovlar o‘zlarining dilrabo qo‘shiqlari bilan davraga fayz kiritdi. Talabalar adibning g‘azal va ruboiylaridan o‘qishdi.

"Ekologiya va huquq" fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari  O.Roʻzibayev axboroti

Universitet matbuot xizmati