TIQXMMI yangiliklari

img
16.02.2023

Bobur qalbimizda mangu yashaydi

Adabiyot har bir xalqning oʻtmishi, buguni va kelajagini bogʻlovchi taʼsir kuchiga ega muhim vositadir. Unda har bitta millatning madaniyati, urf-odati, dunyoqarashi, maʼnaviyati aks etadi. Demak, adabiyot yashasa millat yashaydi, uning shaʼni ulugʻlanadi, qadriyatlari qadr topadi. Shu bois mamlakatimizda adabiyot va sanʼatga alohida hurmat bilan yondashiladi. Uni rivojlantirish yoʻlida islohotlar tizimli ravishda olib borilmoqda. Bundan 5-yil oldin ana shunday maqsadlarga xizmat qiluvchi yana bir yirik loyihaga qoʻl urilgan edi. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 18-aprelda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida Adiblar xiyoboni tashkil etish boʻyicha qarori qabul qilindi. Xiyobon maʼnaviy jihatdan keng qamrovli boʻlib, u katta maqsadlar yoʻlida xizmat qiladi. Ushbu hiyobonda buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning ham yodgorlik haykali ham qad roslagan. Talabalarning dunyoqarashini boyitish, ezgu maqsad-gʻoyalarga ilhomlantirish maqsadida,  Zahriddin Muhammad Boburning 540-yilligi munosabati bilan, 14-fevral kuni “TIQXMMI” MTU “QXM” fakulteti tyutori J.Sa’dullayev tashabbusi bilan fakultetning qiziquvchan, ijodkor 1-kurs 105-guruh talaba yoshlari bilan “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurishdi. Bobur bobomizning muhtasham haykali atrofida ma’naviy-ma’rifiy tadbirga faol qatnashishdi. Talaba yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar zamirida ajdodlar merosini o'rganish, ulardagi ibratni hayotida qo'llagan holda mustaqil hayot yo'lida o'z o'rnini topishga ko'maklashish masalasi turibdi. Zero, bu singari harakatlar talaba yoshlarimizga toʻgʻri va munosib taʼlim-tarbiya berish orqali oʻzimizning kelajagimizga ma’naviy ozuqa berishiga ishonamiz.

"QXM" fakulteti tyutori J.Sa’dullayev axboroti.

"Energetika" fakulteti 2-bosqich talabasi T.Ergashov axboroti.

Universitet matbuot xizmati