TIQXMMI yangiliklari

img
20.10.2023

“Bizning jamiyatda korrupsiyaga o‘rin yo‘q” mavzusida tadbir

2023 yil 12 oktyabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Gapparov, bo‘lim mutaxassisi I.Karimjonov, Universitet bosh xisobchisi I.Xasanov, Ichki audit boʼlimi Bosh auditori Z.Xudoyberdiyeva va buxgalteriya hodimlari ishtirokida “Bizning jamiyatda korrupsiyaga o‘rin yo‘q” mavzusida tadbir va korrupsiyaning oldini olish profilaktikasi bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi. 

Universitet bosh xisobchisi I.Xasanov “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i A.Gapparovga soʼz berdi. A.Gapparov xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-son qaroriga asosan Moliyaviy mustaqillik davlat oliy taʼlim muassasasi sifatida faoliyat olib borayotganligi sababli:

-  Mablagʼlarning sarflanishi, Davlat byudjetidan ajratilgan mablagʼlar, 

-  Xarid qilingan tovarlar va xizmatlar,

-  Аmalga oshirilayotgan loyihalar hamda tasarrufidagi mablagʼlar, 

-  Moddiy boyliklar va mulkdan foydalanish,

-  Xodimlar mehnatiga haq to‘lash va stipendiya to‘lovlarini o‘z vaqtida hamda toʼliq amalga oshirish va Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari uchun universitet xarajatlarini “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali onlayn monitoring qilish, bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatilishida samarali ish tashkil etish, qonun buzilish xolatlarini oldini olish to‘g‘risida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari” to‘g‘risida 2021 yil 22-aprel kungi 684-son qonun va Hisob palatasi tomonidan “Masofaviy nazorat” markazi tashkil etilganligi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 avgustdagi «Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PF-6300-sonli Farmoni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʼgʼrisida»gi PQ-128-son Qaroriga muvofiq Hisob palatasi tomonidan onlayn va masofaviy tahlillar orqali davlat moliyasining ijrosi ustidan vertikal nazorat olib borilishi, xozirda 28 ta davlat organlari va tashkilotlarining 115 turdagi ma’lumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish tizimi yo‘lga qo‘yilib, yagona Masofaviy nazorat markazi tashkil etilganligi va Ushbu Markaz onlayn va masofaviy tahlillar orqali davlat moliyasining ijrosi ustidan vertikal nazorat olib borish imkonini berishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Buxgalteriya xodimlari tomonidan berilgan savollarga bo‘lim boshlig'i tomonidan javob berildi. Bosh xisobchisi I.Xasanov tadbir so‘ngida, buxgalteriya xodimlari ishtirokida mana shunday tadbirlar va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishdagi amaliy yordamlari uchun “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limiga minnatdorchilik bildirdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish  bo‘limi  mutaxassisi I.Karimjonov axboroti