TIQXMMI yangiliklari

img
26.05.2023

Biz ommaviy madaniyatga qarshimiz

“Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi ayol professor –o‘qituvchilari 4-TTJ da yashovchi qizlar bilan “Biz ommaviy madaniyatga qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi. Bu davra suhbati davomida talaba qizlarga chet eldan kirib kelayotgan turli xil bayramlar, kiyinish madaniyati haqida gapirildi. Ular bizning milliy qadriyatlarimizga, an’analarimizga va urf odatlarimizga mos kelmasligi haqida ma’lumot berdilar. Chet eldan kirib kelgan kiyinish madaniyati haqida gapirilganda me’yorda kiyinish, ya’ni hayo bilan kiyinishni ijobiy tomonlarining diniy va ilmiy jihatlari yoritib berildi. Bundan tashqari chet eldan kirib kelgan ommaviy madaniyatga vaqt sarflamasdan ilm olish bilan shug‘ullanishlari zarurligi, qizlarning ilm olishi jamiyatimizning rivojlanishida katta o‘rni borligi sababi jamiyatimizning yarmi ayollar bo‘lsa qolgan yarmi ular tarbiyalagan farzandlar ekanligi aytib o‘tildi.

Universitet matbuot xizmati