TIQXMMI yangiliklari

img
09.12.2022

Biz korrupsiyaga qarshimiz

«Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakultetida 9 dekabr «Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash» kuni munosabati bilan Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Azimov va tyutorlar boshchiligida talabalar o‘rtasida insholar tanlovi, so‘rovnomalar va devoriy gazetalar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov o‘tkazish jarayonida «Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida insho olindi, natijalar bo‘yicha 1-o‘rinni 203-guruh talabasi Xuddiev Orzuqul, 2-o‘rinni 211-guruh talabasi Ilxomboeva Zulxumor, 3-o‘rinni 211-guruh talabasi Oqbo‘taeva Dildora: devoriy gazetalar bo‘yicha 1-o‘rinni 109-guruh talabasi Ergashboeva Ulan, 2- o‘rinni 106-guruh talabasi Ikramova Tamila, 3-o‘rinni 103-guruh talabasi Sodirboev Xasanboylar egallab esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. 

          GTQ fakulteti tyutori D.S.Xursandova axboroti

                 Universitet matbuot xizmati