TIQXMMI yangiliklari

img
13.11.2023

Biz bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

Joriy yilning 10-noyabr kuni mamlakatimizda ilk bor O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Biz bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan ezgu da'vatlari asosida “Ma'naviyat marafoni” bo'lib o'tdi. Marafon “Assalomu alaykum”, “Men odobning o'g'liman”, “Fazilatli avlod”, “Hayo – qiz bolaning ziynati”,  “Or-nomus – yigitning ko'rki”, “Kitob – mening eng yaqin do'stim”, “Odamiylik mulki”, “Alpomishlar o'tgan bu diyor!”, “Vatanim bayrog'ini baland ko'taraman”, “Milliy qadriyatlar” kabi o'ndan ortiq yirik loyihalar doirasida tashkillashtirildi.  

Ushbu tadbirlar markaziy va mahalliy telekanallar, ijtimoiy tarmoqlar orqali uzluksiz yoritib borildi. Marafon yoshlarimiz qalbida milliy yuksalishga chorlovchi milliy g'ururni shakllantirish, vatanparvarlik tuyg'usini yanada kuchaytirish,  urf-odatlarimiz, an'ana va qadriyatlarimizga bo'lgan cheksiz hurmatni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti Xor jamoasi a'zolari va universitetimiz talabalari ham marafonda faol ishtirok etishdi. 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati