TIQXMMI yangiliklari

img
15.03.2024

Bitiruvchi talabalar xorijiy amaliyotda.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti rektorining tegishli buyrug‘i bilan universitetning “Elektrotexnologiyalar va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasi, 5430500-“Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari 2024-yil 4-martdan 11-mayigacha Qo‘rqit-ota nomidagi Qozog‘iston Respublikasi Qizilo‘rda universitetida akademik mobillik dasturi asosida “Bitiruv oldi amaliyoti”ni kafedra dotsenti O.Matchonov rahbarligida o‘tamoqdalar.

Ular ikki tomonlama kelishilgan amaliyot dasturi asosida har kunlik mashg‘ulotlarda faol qatnashib, o‘z bilim va tajribalarini oshirmoqda. Shuningdek, Qo‘rqit-ota nomidagi Qozog‘iston Respublikasi Qizilo‘rda universitetida talabalarning bilim olishi, mustaqil o‘qib izlanishlari hamda hordiq chiqarishlari uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan ham tanishib bormoqdalar. Dastur doirasida bir ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi bilan bog‘liq mashg‘ulotlar ham rejalashtirilgan.