TIQXMMI yangiliklari

img
28.02.2024

Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) ning  Oziq-ovqat komiteti (FAO) vakillari bilan xamkorlik 

26-fevral kuni Oziq-ovqat komiteti (FAO) vakillari xalqaro maslahatchi muhandis Vasiliy Bumakov va Rimdagi bosh qarorgohi qishloq xo‘jaligi muhandisi Santos-Valle Santyagolar bilan “Qishloq xo‘jaligini barqaror mexanizatsiyalash strategiyasini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida xamkorlik o‘rnatish yuzasidan uchrashuv tashkillashtirildi. Uchrashuvda, fakultetda olib borilayotgan, qishloq xo‘jaligi texnikalari konstruksiyalarini takomillashtirish, foydalanish (mashina-traktor agregatlari tuzish, ishlatish), servis (savdo, ehtiyot qismlar ta’minoti, texnik xizmat va ta’mirlash ishlari, logistika, sifat monitoringi)  ishlari yo‘nalishida bajarilgan va rejalangan ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

“Qishloq xo‘jaligini barqaror mexanizatsiyalash strategiyasini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi amalga oshirilayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston hukumatini qishloq xo‘jaligini barqaror mexanizatsiyalashni ta’minlaydigan strategiyani ishlab chiqishda qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi to‘g‘risida aloxida to‘xtalib o‘tildi hamda loyiha doirasida mexanizatsiyalash sohasida milliy salohiyatni rivojlantirish va soha manfaatdor tomonlari uchun treninglar o‘tkazishga kelishib olindi.