TIQXMMI yangiliklari

img
16.10.2023

Bir yig’ilishda ikki masala

“TIQXMMI” MTU joriy yilning 16 - oktabr sanasida “Ma’naviyat xona”sida Yoshlar masalalari va ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Ruzimurat Choriyev, “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” boshlig’i Z. Xaydarov, Universitet matbuot xizmati rahbari, prof. R. Jumaniyozov, hamda tyutorlar ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig’ilish ikki qismdan iborat bo’ldi. Birinchi qismda R.Choriyev haftalik qilingan ishlar bo‘yicha hisobotlarni tinglab yo’l-yo’riq va maslahatlar berdi. Shuningdek, keyingi amalga oshiriladigan ishlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Har bir tyutorning bajargan ishlari tahlil qilindi, kamchilik va bajarilmay qolgan ishlar yuzasidan tushuntirish  ishlari olib borildi.   

Yig’ilishning ikkinchi qismida tyutor va dekan o’rinbosarlari tomonidan tayyorlanib saytga jo’natiladigan matniy ma’lumotlarning mazmun-mohiyati va xabar, yangilik va maqola tayyorlash masalalari yuzasidan R.Jumaniyozovning fikr-mulohazalari tinglandi. Saytga chiqishi uchun yuborilayotgan ma’lumotlarni qanday tayyorlash kerakligini tyutor va dekan o’rinbosarlari tomonidan tayyorlangan xabar va yangiliklar misolida tahlil qilindi. Shu boradagi yutuq va kamchiliklarni baralla e’tirof etib, maqola yoki xabar mazmuni va sifatiga, savodxonlik darajasiga qarab eng yaxshi tyutor uchun mukofot taqdim etishini ta’kidlab o’tdi.

Universitet saytiga qo’yish bo’yicha mas’ul bo’lgan Sanjar Ungalov jo’natilayotgan rasmlarning sifati va soni qancha bo’lishi haqida o’z mulohazalarini bildirib o’tdi.

UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI