TIQXMMI yangiliklari

img
12.02.2024

Bir haftada bir kitob

Joriy yilning 9-fevral kuni “Ekologiya va huqu”" fakulteti tyutorlari X.Ro’zmetov va I.Ahmedovalar tashabbusi bilan fakultet talabalari o’rtasida “Bir haftada bir kitob” tanlovi o’tkazildi. Unda har bir kitobxon alohida minbarga chiqib tanlangan asar bo’yicha 5 daqiqalik chiqish qildi va hakamlar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi. Talabalar kitob muallifi, kitobning nomlanishi, mazmuni, asardan olgan xulosasi, uni hayotga tadbiqi va boshqalar bu kitobni nima uchun o’qishi kerak ekanligi haqida ma’lumot berib o’tdilar. Tanlov jarayoni juda qizg’in va baxslarga boy bo’ldi. Unda fakultet dekani X.Pirmatov ham ishtirok etib bunday tanlovlar muntazam o’tkazilishi lozim ekanini takidladi. Tanlovni fakultet dekani X.Pirmatov, fakultet tyutorlari X.Ro’zmetov, I.Ahmedova, fakultet lideri B.Fayzullayev hamda Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hodimi T.Hayitboyevlar jamoasi baholab bordi. Yakunda g’olib bo’lgan kitobxonlar diplom, tashakkurnoma va estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

      “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutolari X.Ro’zmetov va I.Ahmedovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati