TIQXMMI yangiliklari

img
17.01.2024

Bilim va tarbiyaviy mehr

Oliy ta’limda tahsil olayotgan talabalarga nafaqat bilim berish, balki ularni har tomonlama yetuk inson boʼlib tarbiyalanishiga har bir ustoz mas'uldir. Shunday ekan, ularning hozirgi kundagi hayoti, yashash sharoiti shu bilan birga muammolari ham muntazam nazoratimizda bo‘lishi zarur. Shu maqsadda joriy yilning 16 –yanvar kuni 4- TTJ dagi qizlarning yashash holati "Gidromelioratsiya" fakul’teti xotin-qizlar masalalari boʼyicha dekan maslahatchisi Z.F. Beknazarova, fakultet tyutori G. Аxmedjanova va TTJ tarbiyachisi tomonidan oʼrganildi. Har bir xona tozaligi, ularga yaratilgan sharoitlar va shu bilan birga ba’zi kamchiliklar aniqlanib kerakli tavsiyalar koʼrsatildi.  Qizlar nozik qalb egasi va ojiza, shu bilan birga ularning tarbiyasi juda murakkabdir. Ularning har bir joydagi o‘zini tutishi, odob - axloqi va oʼzbek qizining or - nomusi haqida tarbiyaviy maslahatlar berib o’tildi.

Universitet matbuot xizmati