TIQXMMI yangiliklari

img
01.04.2024

Bilim – baxt belgisi

Bilim odobning kalitidir. Bilim bilan saodat yo'li ochiladi.

Joriy yilning 29- mart kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova tomonidan "Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay..." mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirda fakultetning salohiyatli ustozi  "Buxgalteriya hisobi va auditi" kafedrasi dotsenti Shoxida Ibragimovana ishtirok etdilar.

Bundan 12 asr oldin muhaddislar sultoni, dunyo imomi – Imom Buxoriy bobomiz aytgan ushbu o‘git tom ma’noda zamonaviy dunyoning shioriga aylandi. Zamonlar o‘tishi bilan bu iboraning dolzarbligi ortsa ortdiki, aslo kamaygani yo‘q. Oltinga teng bu aytim aynan bugun uchun, barcha davrlar uchun so‘zlangandek, go‘yo. Shoxida Ibragimovna  llm yo'lida, tinimsiz izlanishlari, mehnatsevarliklari bilan havas qilsa arziydigan oilalari, farzandlari, nabiralari, katta hayot tajribalari,  o'z hayot yo'llari, erishgan yutuqlari haqida  gapirib berdilar. Shoxida Ibragimovna  yaqinda "Scientific Academy" Ilm-ma'rifat markazining 2024-yil 5-mart kungi Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi miqyosida tashkil etilgan"IlM - FAN ZIYOSI" esdalik maxsus statuetkasi bilan taqdirlanganlarini, faxr bilan gapirib, statuetkani ko'rsatdilar .

Tadbirdan talaba qizlar zo'r motivatsiya oldilar. Tadbir sermazmun, foydali, qizg'in o'tdi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati